

"Bizga qur'ada kim tushishi muhim ahamiyatga ega emas. Chorak finalda istalgan raqib bilan kuch sinashishimiz mumkin. Bosh sovrin uchun kurashdan chiqib ketishga haqqimiz yo'q. Agarda "Atletiko" chorak finalga yo'l ololmasa, unda bu boshqa jamoalar uchun yaxshi xabar bo'lardi. "Real" hech kimdan qo'rqmaydi", - deydi Arbeloa.



