Alvaro Arbeloa "Barselona" ustidan kuldi

Aslanov Jasurbek
14 avg 2017
"Real" sobiq himoyachisi Alvaro Arbeloa Ispaniya Superkubogining ilk uchrashuvida Madrid klubining "Barselona" ustidan qozongan g'alabasi (3:1) borasida hazillashdi.

"Barselona"ga qarshi javob uchrashuvi o'rniga, chorshanba kuni Bernabeu Kubogini o'tkazish kerakdir? Olg'a, Madrid!" - deydi Arbeloa.

23 avgust kuni "Real" o'z uyida "Fiorentina"ga qarshi Santyago Bernabeu Kubogi uchrashuvini o'tkazadi.

Santyago Bernabeu Kubogi - "Real"ning birinchi prezidentiga atalgan, har yil o'tkaziladigan o'rtoqlik turniri.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru