Alonsoning g'oyalarini qabul qilishni istamagan futbolchilar ma'lum (ESPN)

Administrator
14 yanv 2026
"Real Madrid" uch yetakchi o'yinchisi Xabi Alonsoning g'oyalarini maqullamagan.

"Real"ning bazi yulduz futbolchilari Xabi Alonsoning fikrlariga qo'shilmagan. Alonsoning "Real" bilan shartnomasi dushanba kuni tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan bekor qilingan.

ESPN xabar berishicha, jamoaning ayrim yetakchi futbolchilari, xususan Vinisius Junior, Federiko Valverde va Jud Bellingem, Alonsoning g'oyalarini qabul qilishni istamaganlar.

Takidlanishicha, Bellingemning murabbiy bilan kelishmovchiligi oshkora bo'lmagan - avvalroq yarim himoyachi matbuot bilan suhbatda kiyinish xonasidagi muammolarni rad etgan edi.


AdministratorMuallif
Manba: ESPN