Alirizo Jahonbaxsh: "Gongkongga 23 soat uchdik va mashg'ulot o'tkaza olmadik. Terma jamoadagi vaziyat kulgili"

Оқил Абдубарноев
11 iyun 2024, 21:21
Eron terma jamoasi futbolchisi Alirizo Jahonbaxsh JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Osiyo Millatlar Kubogidan so'ng, bizni qo'llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildira olmadim. Buni hozir amalga oshirmoqchiman. Millat masalasida gap ketganda, birinchi navbatda terma jamoaga e'tibor qaratish kerak. Biz rasmiy o'yinga mashg'ulotsiz bordik, chunki bizda parvoz sharoiti yomon edi va Gongkongga 23 soat uchdik. Hech narsa rejalashtirilmagandi. Yigitlar Yevropadan kelib, soatlab uchishdi. O'yinga 48 soat qolganida Gonkongga juda charchagan holda yetib keldik, shunga qaramay, g'alaba qozona oldik. Bizga bu darajada o'ynash qulay emas.

Vaziyat kulgili! Men osiyolik do'stlarim bilan barcha mamlakatlarda maxsus reyslar borligi haqida gaplashdim. Futbol juda muhim va insonlar hayotiga bevosita ta’sir qiladi. Rasmiylar terma jamoani qo'llab-quvvatlashi kerak. Keyingi bosqich ancha qiyin o'tadi va biz o'yinlarga bu tarzda mashg'ulotsiz bora olmaymiz yoki 23 soat yo'lda bo'la olmaymiz. Ertaga bizni juda qiyin o'yin kutib turibdi va O'zbekiston bu bir necha oy ichida juda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Afsuski, birinchi to'qnashuvda durang qayd etildi, ammo futbolchilar bo'lajak bahsga tayyor. Muxlislardan bizni qo'llab-quvvatlashini istayman. Hayit bayramida tomoshabinlarning stadionda bo'lishi juda yoqimli bo'ladi. Umid qilamanki, yaxshi natija bilan keyingi bosqichga yo'l olamiz", - dedi eronlik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia