Aleksandr Golovin: "Vaziyat bo'lgandi, men gol urishim mumkin edi. Kechirim so'rashni istayman"

Omonjon To`xtamirzayev
22 iyun 2021
Rossiya termasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin guruhdagi so'nggi uchrashuvda Daniya bilan o'yin (1:4) haqida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

– Yo'q joydan qo'yib yuborilgan ikkinchi gol jamoani ruhan sindirdi-mi?– Qaysidir manoda ha, biz bor kuchimiz bilan oldinga borishga, vaziyatni o'nglashga harakat qildik, ammo kech bo'lgandi. Yana gol qo'yib yubordik.

– Birinchi bo'limda o'yinga tayyorlangan reja ishlayotgandi. O'tkazib yuborilgan gol barchasini ?
– Raqib yopiqroq o'ynay boshladi. Hisobda ortda qolayotganingda o'ynash yanada qiyinlashadi.

Qaysidir manoda bunga men ham aybdorman – vaziyat bo'lgandi, gol urishim mumkin edi. Biz hisobda oldinga chiqib olardik - 1:0. O'sha vaziyat uchun kechirim so'rayman. Hozir bu haqida gapirish oson emas, – dedi Golovin.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia