Aleksandr Geynrix klubining 12 mlrd. so'm qarzi bor ekan

Aslanov Jasurbek
23 noya 2017
O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi Aleksandr Geynrix to'p tepadigan "Ordabasi" klubi o'z futbolchilaridan qancha qarzi bor ekanligi ma'lum bo'ldi.

Bu haqda Sports.kz nashri tvk-uko.kz saytiga asoslanib ma'lum qildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Ordabasi" klubi futbolchilari viloyat hokimiyatiga murojat qilganidan so'ng, Janubiy Qozog'iston viloyati hokimiyatida yig'ilish bo'lgan va unda "Ordabasi" klubining muammolari muhokama qilingan. Klubning bugungi kundagi umumiy qarzi 500 mln. tenge (markaziy bank kursi bo'yicha 12,195 mlrd. so'm). Bu qarzni Respublika byudjetidan to'lab berish vada qilindi. Endi "Ordabasi"ning yangi majburiyatlari paydo bo'ldi. Masalan, ular kam taminlangan oilalarga chipta uchun chegirmalar qilishi kerak. Shu bilan birga, jamoa imkoniyati cheklanganlarga yangi ish joyi ochishi lozim.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia