"Albatta, hech kim tanqidga uchrashni yoqtirmaydi" - Brunu Fernandesh

Sherzod Nurmatov
30 noya 2023
MYU sardori klubdagi o'rni haqida gapirdi.

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi va sardori Brunu Fernandesh klubdagi mavqei haqida to'xtalib o'tdi. MYU sobiq futbolchilari vaqti-vaqti bilan portugaliyalikni maydondagi tutishi va yetakchilik fazilatlari yo'qligi uchun tanqid qilishadi.

"Albatta, hech kim tanqidga uchrashni yoqtirmaydi, lekin hamma narsa har doim yorqin bo'lavermaydi. Futbolchilar, murabbiylar shtabi va klubdagilarning barchasi mening yetakchilik qobiliyatimdan mamnun. Men sardor bo'lganimdan keyin o'zgarib qolmadim. Menimcha, nimanidir o'zgartirish shart emas", – dedi futbolchi.

Oldinroq Saudiya Arabistoni klublari Brunu uchun 100 million evrodan ko'proq to'lashga tayyor ekani xabar qilingan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times