

Unga Al Nassr tomonidan jiddiy qiziqish bildirmoqda. Hozircha tomonlar muzokaralarni boshlashmagan, biroq saudiyaliklar futbolchini ko'ndirishlariga ishonishmoqda.
Markoga Al Nassrdan tashqari Inter Mayamidan ham taklif bor. Ammo 34 yoshli futbolchi hozircha kelajagi borasida bir qarorga kelmagan.
Eslatib o'tamiz, Roys Borussiyadagi 12 yillik faoliyatidan so'ng yozda jamoani tark etishini ma'lum qilgandi.



