"Al Nassr" Ronaldu orqali MYU sobiq futbolchisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

Aslanov Jasurbek
4 avg 2025, 20:48
Meyson Grinvud "Al Nassr"ga o'tishi mumkin.

Marca xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni klubi "Marsel" yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olish niyatida.

Meysonning francuzlar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan. Takidlanishicha, "Al Nassr"da to'p tepayotgan Krishtianu Ronaldu kelishuv muvaffaqiyatida muhim rolni o'ynashi mumkin. Avvalroq bu futbolchilar "Manchester Yunayted"da birga o'ynagan.

O'tgan mavsumda Grinvud Liga 1 da 34 o'yin o'tkazib, 21 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca