“Al Hilol“ “Manchester Siti“ni mag'lub etgani uchun futbolchilarga qancha mukofot puli bergani ma'lum

Khoja
3 iyul 2025
“Al Hilol“ klublar o'rtasidagi JCHning nimchorak finalida “Manchester Siti“ni mag'lub etdi.

Abubbaydd nashrining xabar berishicha, Saudiya Arabistoni jamoasi vakillari ushbu g'alaba uchun har bir futbolchiga 500 ming evroga yaqin mukofot puli berishgan.

Eslatib o'tamiz, “Al Hilol“ chorak finalda Braziliyaning “Fluminense“ jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 4 iyulga belgilangan.


KhojaMuallif
Manba: Abubbaydd