"Al Hilol" "Atletiko" sobiq o'yinchisini 7 million evro evaziga o'z safiga qo'shib oldi

Alisher
25 okt 2020
"Sporting" (Lissabon) hujumchisi Lusiano Vetto Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga ko'chib o'tdi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, 26 yoshli argentinalik futbolchi "Al Hilol" bilan 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

Bitim narxi 7 million evroni tashkil etdi. Bu mablag'ning yarmi "Atletiko" hisobiga o'tkazib beriladi.

Lusiano 2015-2019 yillar davomida Madridning "Atletiko" klubida to'p tepgan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Alhilal_FC