Akrom Komilov: "Paxtakor"13-kubogini qo'lga kiritmoqchi"

Aslanov Jasurbek
19 dek 2020
"Paxtakor" futbolchisi Akrom Komilov AGMK bilan bo'ladigan final uchrashuvidan oldin fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ertaga juda ham qiziqarli o'yin kechishini kutmoqdaman. AGMKni ham finalga qadar yetib kelgani bilan tabriklayman. Bizga qiyin bo'lishi tabiiy, raqib ham bitta o'yinda bor kuchi bilan qarshilik ko'rsatishga urinadi. Biz ham shunga yarasha tayyorgarlik ko'rdik. "Paxtakor"ning 13-kubogini boshimiz uzra baland ko'tarishni maqsad qilganmiz. Bu - futbol, hamma narsa bo'lishi mumkin. Ular ham tayyorgarlikni yaxshi olib borgan deb o'ylayman. Maydonga chiqamiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Sovuqda o'ynash ko'nikmasi bor, lekin O'zbekistonda Xitoyda bo'lgani kabi sovuq emas.  Menimcha bu to'sqinlik qilmaydi. Mavsum men uchun nisbatan og'irroq o'tdi. Sport formamni tiklashga qiynaldim. Keyingi yildan o'yinimni yanada kuchaytirishga e'tibor beraman",- deydi Akrom Komilov.

Jahongir Fayzullaev yozib oldi, "Championat asia" sayti uchun Namangandan maxsus


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia