"Nasaf" Akrom Komilovni o'z safiga qo'shib olganini e'lon qildi

Administrator
13 yanv 2026
OKMK sobiq futbolchisi Akrom Komilov faoliyatini voha jamoasida davom ettiradi.

"Nasaf" klubi OKMK sobiq futbolchisi Akrom Komilov bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi 2026 yilni "Nasaf"da o'tkazadi. Qarshi klubi shartnoma qancha muddatga tuzilgani borasida ma'lumot bermagan.  

Ma'lumot uchun, Komilov 2021 yildan beri OKMK safida harakat qilgandi. U o'tgan mavsumning asosiy qismini jarohat sababli o'tkazib yubordi va Superligada 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta assist qayd etdi. 

Avvalroq, Komilovning "Navbahor" mashg'ulotlarida ishtirok etayotgani haqida xabarlar tarqalgandi, ammo yakunda futbolchi "Nasaf"ga o'tdi.


AdministratorMuallif
Manba: "Насаф" футбол клуби матбуот хизмати