

Har ikki futbolchi uchun Superliga 30-turidan o'rin olgan "Mashal"ga qarshi o'yin katta ehtimol bilan olmaliqliklar safidagi so'nggisi bo'ladi.
Ma'lumot uchun, Komilov 2021 yildan beri OKMK safida harakat qiladi. U joriy mavsumning asosiy qismini jarohat sababli o'tkazib yubordi va Superligada 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta assist qayd etdi. Dilshod Ahmadaliev ham 2021 yildan beri olmaliqliklar safida to'p surib keladi. U joriy mavsum Superliganing barcha uchrashuvlarida maydonga tushdi va 5 ta golga assistlik qildi.



