Aguero YCHL favoritlarini aytdi

Mirjalol Normatov
25 okt 2024
Sobiq futbolchi Serxio Aguero YCHLning favoritlari haqida gapirdi.

"Yangi format haqida gapirish g'alati bo'lmoqda. Menimcha, syurprizlar ko'p bo'lmaydi. "Manchester Siti", "Real", "Barselona", "Bavariya", "Liverpul", "Inter" va "Arsenal"dan darajasi pastroq jamoalarda ham vaqt etarlicha.

Umid qilamanki, favoritlar "Barselona" va "Manchester Siti" bo'ladi. Garchi ayrim o'yinlarda muammolar bo'layotgan bo'lsa-da, ular baribir o'yinlarda katta tashabbusga ega bo'lishmoqda. Agarda favoritni tanlash kerak bo'lsa, aynan ularni tanlayman", - dedi Aguero.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo