

Finalda MDH terma jamoasi mezbon Rossiyaga 4:6 hisobida mag'lub bo'ldi. E'tiborlisi, MDH jamoasi safida Server Jeperov gol urdi, shuningdek, tojikistonlik Xurshid Mahmudov, belaruslik Vyacheslav Gleb raqib darvozasini ishg'ol etdi va Konstantin Golovskoy avtogol muallifi bo'ldi. Rossiyaliklar safida Aleksandr Samedov, Pavel Pogrebnyak dublga erishgan bo'lsa, Yuriy Jirkov hamda Konstantin Golovskoy raqib darvozasiga bir martadan to'p kiritishdi. Shu tariqa, rossiyaliklar 14-marotaba ushbu musobaqada g'olib bo'li.
“Man of the match” sovrini esa ikkala jamoadagi futbolchilarga topshirildi: “Arsenal”, “Barsa”dagi o'yinlari bilan ko'pchilikka tanish bo'lgan Aleksandr Gleb hamda Aleksandr Samedov.



