A seriyada 2000 yilda tug'ilgan futbolchi gol urdi

Aslanov Jasurbek
28 may 2017, 00:57
“Yuventus” hujumchisi Moyze Kin Italiya A seriyasining 38-turida “Bolonya”ga qarshi o'yinning so'nggi daqiqasida gol urishga erishdi.

Bu 17 yoshli hujumchining A seriyadagi ilk goli bo'ldi. U 79-daqiqada maydonga tushurilgan edi. Shu bilan birga Kin Italiya chempionatida 2000 yilda tug'ilgan charm to'p ustalari orasida dastlabki gol urgan futbolchiga aylandi.

Kin 2016 yilning noyabr oyida A seriyada debyut o'yinini o'tkazgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «Ювентус» твиттери