

U ushbu uchrashuvdagi yagona gol muallifi bo'ldi.
"O'yin juda qiyin kechdi, ammo biz voqealar rivojiga juda yaxshi javob qaytardik va o'yinni nazorat qildik. Uch ochkoni qo'lga kiritish juda muhim edi va bunga erishganimizdan xursandman.
Rosenor haqida? U o'z ishini juda yaxshi bajaryapti, biz esa u talab qilayotgan narsalarga yaxshi moslashyapmiz. Biz har kuni juda qattiq mehnat qilyapmiz. Uning talablarini bajarish muhim, shu orqali o'yindan o'yinga kuchayib boramiz", – dedi Kaysedo.
"Chelsi" 13 ochko jamg'arib, Chempionlar Ligasi umumiy jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. "Pafos" esa 6 ochko bilan 30-pog'onaga tushib ketdi.



