A Seriya. Vlaxovich Ronaldu, Iguain va Kresponing natijasini takrorladi

Eldor Akmurzayev
1 dek 2021
Italiya chempionati doirasida “Fiorentina” 3:1 hisobida “Sampdoriya”ni engdi.

Mezbonlar safida Dushan Vlaxovich raqib darvozasini ishg'ol etdi va 2021 yil A Seriyadagi gollarini 29 taga etkazib oldi.

Opta manbasiga ko'ra, u bir kalendar yili davomida shuncha gol urgan 4-futbolchiga aylandi. Avvalroq, bunday natijaga Krishtianu Ronaldu (2020 yil, 33 gol), Gonsalo Iguain (2016 yil, 30 gol) va Ernan Krespo (2001 yil, 30 gol) erishgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta