A Seriya. Turning markaziy uchrashuvida kuchlar teng keldi, Zlatandan dubl

27 okt 2020, 02:50
Italiya chempionati 5-tur uchrashuvlari davom etadi.

Rimning "Roma" klubi bugun Milanda mehmon bo'ldi. Uchrashuv kurashlarga boy ruhda o'tdi, muxlislar 6 ta golga guvoh bo'lishdi. O'yin davomida "Milan" 3 bor hisobda oldinga o'tib oldi, "bo'rilar" esa har gal muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'lishdi. Ibragimovichning dubli va Aleksis Salemakersning goliga mehmonlar safida Jeko, Veretu va Kumbula bir martadan javob qaytarishdi. Xullas, "Milan"ning mag'lubiyatsiz seriyasi davom etadi!

Darvoqe, bugun dubl muallifiga aylangan Zlatan A Seriya to'purarlari jadvalida birinchi o'ringa chiqib oldi. Shvetsiyalik hujumchi. 3 o'yinda 6 ta golga mualliflik qilgan.

Milan – Roma 3:3 

27 oktyabr, 00.45, Djuzeppe Meacca (San-Siro)

Gollar:

1:0 – 2 Ibragimovich, 1:1 – 14 Jeko, 2:1 – 47 Salemakers, 2:2 – 71, penalti Veretu, 3:2 – 79, penalti Ibragimovich, 3:3 – 84 Kumbula.

Milan – Teterushanu, Romanoli, Kalabriya, Ker, Teo, Chalxanoglu, Salemakers (Krunich, 72), Bennaser, Kessie, Ibragimovich, Rafael Leau (Kastilexo, 72).

Roma – Mirante, Spinaccola, Rojer, Manchini, Karsdorp (Bruno Peres, 66), Mxitaryan, Pellegrini (Kristante, 76), Pedro, Veretu (Vilyar, 86), Kumbula, Jeko.

Ogohlantirishlar:

Rafael Leau (70), Ibragimovich (75), Pedro (77), Kristante (81), Teo (82).

TURNIR JADVALI


Manba: championat.asia