A Seriya. "Milan" "Fiorentina" bilan, "Inter" "Napoli" bilan durang o'ynadi, "Lacio" esa mehmonda "Verona"dan ustun keldi

Alisher Ostonov
12 yanv 2026
Italiya A Seriyasi 20-tur doirasidagi bir nechta o'yinlar bo'lib o'tdi.

Pietro Komusso 66-daqiqada hisobni ochdi. Kristofer Nkunku esa 90-daqiqada raqib darvozasini ishg'ol qilgan holda milanliklarni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi. Qayd etish kerakki, “Fiorentina” ustozi Paolo Vanoli 45+2 daqiqada ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.

“Milan” 19 o'yindan so'ng 40 ochko jamg'argan holda, “Inter”dan so'ng ikkinchi o'rinda bormoqda. "Fiorentina" esa 20 o'yindan so'ng 14 ochko bilan 18-o'rinda joylashgan.


11 yanv 2026, 19:00
Fiorentina — AC Milan
1 – 1
Tugadi




79-daqiqada Viktor Nelsson o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ydi va rimliklarga mehmondan g'alaba bilan qaytishdi.

“Lacio” 20 o'yindan so'ng 28 ochko bilan 8-o'rinda, “Verona” esa 19 o'yindan so'ng 13 ochko bilan 19-o'rinni band etgan.


11 yanv 2026, 22:00
Hellas Verona — Lazio
0 – 1
Tugadi



Federiko Dimarko 9-daqiqada hisobni ochdi. Skott Maktominey esa 26-daqiqada muvozanatni tikladi. 71-daqiqada neapolliklar bosh murabbiyi Antonio Konte jamoasiga nisbatan belgilangan penalti uchun noroziligini ochiqdan-ochiq ko'rsatgani ortidan qizil kartochka oldi. Xakan Chalxanoglu esa 73-daqiqada o'n bir metrlik nuqtadan raqib darvozasini ishg'ol qildi. Ammo, “Napoli” xavbeki Skott Maktominey 81-daqiqada hisobni tenglashtirib, jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

“Inter” 19 o'yindan so'ng 43 ochko bilan turnir jadvalini boshqarmoqda, “Napoli” esa 19 o'yindan so'ng 39 ochko bilan uchinchi o'rinda joylashgan.


12 yanv 2026, 00:45
Inter — Napoli
2 – 2
Tugadi




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia