🔥 2 yillik bitim, 7 nafargacha futbolchini tarkibdan chiqarib tashlash... Mourinyu "Real"ga bir qator talablarni qo'ydi

Sherzod Nurmatov
8 may 2026, 18:25
Joze Mourinyu - "Real" bosh murabbiyligiga asosiy da'vogarlardan biri.

Portugaliyalik murabbiy madridliklar boshqaruvini qo'lga olish uchun bir qancha talablarni ilgari surdi:

▪️ Boshlang'ich tarkibni tanlash, jamoani boshqarish va kiyinish xonasi muhiti ustidan to'liq nazorat.

▪️ Bosh murabbiyning vazifalari bilan bog'liq masalalarda klub rahbariyatining aralashuviga yo'l qo'ymaslik.

▪️ 2 yillik shartnoma.

▪️ O'zining murabbiylar shtabini olib kelish huquqi.

▪️ Jamoaning hozirgi tarkibiga o'zgartirishlar kiritish.

▪️ O'yin falsafasiga mos kelmaydigan 7 nafargacha futbolchini tarkibdan chiqarib tashlash.

▪️ Klubning jarohatlar bilan bog'liq muammolari tufayli fitnes jamoasi vakolatlarini kengaytirish.

▪️ Rahbariyatning boshqa vakillari ishtirokisiz, faqat klub prezidenti Florentino Peres bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot.

▪️ Jamoaning yozgi mavsumoldi tayyorgarlik rejalarini belgilash huquqi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com