

"Men "Barselona"ga qo'shilganimdan beri ilk kunlardanoq klubdan ketishim haqida gap-so'zlar yangraydi. Menimcha, odamlar meni bu yerda ko'rishni yoqtirmaydi. Ayniqsa, matbuot... Faqat yolg'on gapiradigan bir jurnalist bor.
Uning takidlashicha, men klub rahbariyati bilan qolishim yoki qolmasligimni muhokama qilish uchun uchrashganman. Bu yigit g'irt yolg'onchi. Har safar u o'ylab topilgan biror yangilikni e'lon qilganida, uning og'zidan deyarli har doim mutlaqo bemani gaplar chiqadi", – dedi Rafinya.
Rafinya joriy mavsum barcha musobaqalarda 31 o'yinda maydonga tushib, 19 ta to'p kiritdi va 8 ta golga assistentlik qildi.



