

FIFA va OFK 12 sentyabr kuni O'FFda hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tishi haqida xat olishgan.
Eslatib o'tamiz, 15 iyun kuni O'FF rasmiy saytida konfereciya sentyabr oyida bo'lib o'tishi haqida yozilgandi: O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Ijroiya Qo'mitasi Byurosining qaroriga ko'ra, shu yilning sentyabr oyida O'FF navbatdagi Konferenciyasini o'tkazadi. Unda tashkiliy masalalar, shu jumladan, O'zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti va rahbarlik lavozimlarining saylovi, O'FF strukturasini o'zgartirish va kadrlar masalasini qayta ko'rib chiqish, shuningdek, mamlakat futbolini isloh qilish bo'yicha dasturlarni tuzib chiqish kabi dolzarb masalalar ko'rib chiqiladi.
Ammo sentyabr oyining aynan qaysi sanasida ekanligi ma'lum emas edi.



