Zyule yozda "Bavariya"dan "Borussiya"ga tekinga o'tishi mumkin

Alisher
1 fev 2022, 14:57
"Bavariya"dan yozda ketadigan himoyachi Niklas Zyule Germaniya chempionatida qolishi mumkin.

26 yoshli o'yinchi erkin agent maqomida Dortmundning "Borussiya" jamoasiga o'tishi mumkin.

Myunxenliklar bosh direktori Oliver Kan o'tgan oyda klub Zyule bilan yangi shartnomaning shartlari borasida kelisha olmaganini tasdiqladi.

"Borussiya" vakillari Zyule bilan muzokaralar olib borishdi. Dortmundliklar futbolchiga 2016 yilda "Xoffenxaym"da o'ynagan payti qiziqish bildirgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Sport1