Zinchenko: "Xatto onam ham meni bazida De Bryuyne bilan adashtiradi"

Aslanov Jasurbek
18 apr 2018
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Aleksandr Zinchenko Angliyadagi hayoti va jamoadoshi Kevin De Bryuynega o'xshashligi haqida aytib berdi.

"Men 10 daqiqa ichida sizga butun Manchesterni ko'rsatishim mumkin. Shaharda avval issiq bo'lib, keyin yomg'ir yog'ishi va yana kun isib kyetishi hech gap emas. Ob-havo kun davomida bir necha marta o'zgarishi mumkin. Xatto shunday shamollar bo'ladiki, bazida davrozani uchirib ketadi.

De Bryuyne bilan o'xshashligimiz? Bir voqeani aytib beraman: "Uembli"da "Arsenal"ga qarshi Angliya liga Kubogi final bahsidan so'ng, stadionda muxlislar, ota-onamiz va yaqinlarimiz bilan kichik bayram uyushtirdik. Kevin De Bryuynening onasi yonimga kelib shunday dedi: "Sen akangga o'xshab ketar ekansan". Xatto onam ham uzoqdan, televizor orqali bizni muxlislar kabi adashtirib qo'yadi. Biroq yaqin masofadan boshqachamiz" - deydi Zinchenko.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Про футбол