Jamshid Iskanderov terma jamoa yig'iniga qo'shildi

Narzulla Saydullayev
30 avg 2013
O'zbekiston milliy terma jamoasi 28 avgust kuni Toshkentdagi JAR stadionida Iordaniyaga qarshi pley-off uchrashuvidan oldingi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlagandi.
Milliy terma jamoaning 6 hamda 10 sentyabr kunlari Iordaniyaga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinlari oldidan e'lon qilingan tarkibdan 25 nafar futbolchi joy olgandi, biroq legionerlar dam olish kunlari o'z klublari safida tur o'yinlarini o'tkazib so'ngra Toshkentga kelishadi.

Yig'inning ilk kunlarida mahalliy futbolchilar Mirjalol Qosimov qo'l ostida shug'ullanishdi. “Paxtakor” yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov ham ushbu yig'inga qo'shilgani haqida ma'lumot oldik.

Ma'lumot o'rnida, Rossiya, Xitoy va Janubiy Koreya chempionatlarida mazkur hafta so'ngida tur o'yinlari o'tkaziladi. Ushbu chempionatlarda to'p surayotgan futbolchilar 1 sentyabrdan boshlab milliy terma jamoa ihtiyoriga kelib qo'shiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia