Jafar Irismetov "NBU-Osiyo" bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
31 may 2014, 14:44
Joriy mavsum bosh murabbiy sifatida mustaqil ish boshlagan Jafar Irismetov birinchi liga ishtirokchisi "NBU-Osiyo"ni boshqarib kelayotgandi.
Tarkibni tajribali o'yinchilar bilan boyitgan holda, kurashchan jamoa shakllantirgan murabbiy yaqinda "bankirlar" bilan xayrlashishga qaror qildi.

Aytishlaricha birinchi bosqichning 11-turidan o'rin olgan "Oq-tepa" - "NBU-Osiyo" (0:3) bahsidan so'ng Irismetov klub rahbariyatini kyetish haqida ogohlantirgan va tomonlar o'zaro kelishuvga ko'ra do'stona xayrlashishga qaror qilgan.

Lekin Jafar Irismetovning aynan nima sababdan ishdan ketgani hozircha noma'lum.

Bugun "bankirlar"ni "Oq-tepa"ga qarshi uchrashuvga Aleksandr Xvostunov olib tushadi. Tajribali himoyachi aftidan boshqaruv postiga o'tadigan ko'rinadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia