"Yuventus" yarim himoyachisi faoliyatini "Fiorentina"da davom ettiradi

Omonjon To`xtamirzayev
25 dek 2023, 16:34
"Fiorentina" "Yuventus" yarim himoyachisi Artur Meloni sotib olmoqchi.

Futbolchi ijara huquqi asosida aynan Florenciya shahri klubi safida harakat qilmoqda. Transfer huquqini 20 million evroga sotib olish mumkin va har ikki klub bu kelishuvga rozi.

Bu mavsum Artur barcha musobaqalarda 24 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta golli uzatma berib, 2 bor sariq kartochka olgan. "Transfermarkt" portali 27 yoshli braziliyalikni 15 million evroga baholamoqda.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: nicoloschira.com