"Yuventus" "Monako" futbolchisi olishga urinib ko'radi

Tolibjon Qosimov
17 iyun 2017, 21:48
Agar "Yuventus" "Bavariya" a'zosi Duglas Kostani xarid qilolmasa, "Monako" futbolchisi Toma Lemarni sotib olishga urinib ko'radi.

"Corriere dello Sport"ning ma'lumotiga ko'ra, Kosta turinliklarning asosiy transfer maqsadi bo'lib qoladi. Ammo, "keksa sinoralar" nemis klubi bilan o'yinchining transfer summasi borasida kelisha olishmayapti. "Yuve" futbolchi uchun 30 million evro taklif qilmoqda, "Bavariya" esa 40 million so'ramoqda.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Corriere dello Sport