"Yunayted"ga "Ayaks" hujumchisi kerak

Mirjalol Normatov
24 noya 2020
"Manchester Yunayted" "Ayaks" forvardi David Neresni tarkibga qo'shib olmoqchi.

"Yahoo Esportes" xabariga ko'ra, mankunianliklar bu borada "Ayaks"ga 50 million evrolik taklif jo'natgan. "Ayaks" esa forvardi uchun 60 million evrodan kam so'ramayapti.

Qizig'i, 23 yoshli braziliyalik hujumchi ushbu mavsumda Erediviziyaning 7 o'yinida 1 gol urgan holos.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Yahoo Esportes