Yozda "Real"ga tekinga o'tishi kutilgan yulduz jamoasi bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

7 apr 2026, 10:05
Fransiyalik himoyachi Ibraim Konate "Real Madrid"ga tekinga o'tmaydigan bo'ldi.

Yozda shartnomasi yakunlanadigan himoyachi "Liverpul" bilan yangi shartnoma imzolashga qaror qildi. Tomonlar shartnomani uzaytirish bo'yicha muzokaralarni yakuniy bosqichiga kirishishgan. Futbolchining o'zi JCHga qadar kelajagi borasidagi savollarni yakunlashni maqsad qilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Konate ingliz jamosai bilan sharnomani uzaytirmasligi va yozda "Real Madrid"ga tekinga o'tishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma'lumot uchun, himoyachi joriy mavsum 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol bor.

gettyimages-2242647611-2048x2048.jpg


Manba: Championat.com