Yoshlar ligasi. "Dinamo" - "Paxtakor" 2:2

Narzulla Saydullayev
25 apr 2014
Yoshlar ligasi 6-tur doirasida Olimpiya stadionida kechgan uchrashuvda Dinamo jamoasi Paxtakor bilan murosa yo'lini tanladi.
Uchrashuvning 9-daqiqasida toshkentliklar hujumchisi Igor Rogovanov o'z jamoasini hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, ko'p o'tmay samarqandlik yosh himoyachi Islom Hamidov penaltidan unumli foydalanib muvozanatni tikladi, 1:1.

Goldan so'ng hujumkorlikni to'xtatmagan Kamo Gazarov shogirdlari Saddam Boymamatovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi, 2:1.

Ko'pchilik muxlislar uchrashuvning mana shu hisobda yakunlashini kutayotgan bir paytda, bosh hakam so'nggi daqiqada Dinamo darvozasi tomon penalti belgiladi. Vaziyatni ko'kka sovurmagan mehmonlar hisobni tenglashtirib, mag'lubiyatdan qutilib qolishdi, 2:2.

Yoshlar ligasi. 6-tur.

25 aprel (juma)
Samarqand, Olimpiya stadioni.
Dinamo - Paxtakor - 2:2
Gollar
: Islom Hamidov 21 (pen.), Saddam Boymamatov – Rogovanov 9, Masharipov 90 (pen.).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz