Yaqinda shartnomasini uzaytirgan Shomurodov Romani tark etishga yaqin

Khoja
25 dek 2024, 08:40
Bu haqida italiyalik insayder Nikolo Skira ma'lum qildi.

O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Roma ustozi Klaudio Ranerining rejalaridan muhim o'rin olmagan. Shu sababli rimliklar 29 yoshli hujumchini sotishga yoki ijaraga berishga qaror qilgan.

Ma'lumot uchun, Shomurodov joriy mavsum barcha musobaqalarda 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 1 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com