Xosep Gvardiola APLda Aleks Fergyusonning rekordini yangiladi

Alisher Ostonov
14 dek 2025, 23:05
"Manchester Siti" Angliya Premer-ligasi 16-turidan o'rin olgan "Kristal Pelas"ga qarshi bahsda 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu g'alaba "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun Angliya chempionatida uch va undan ortiq gol urgan 150-g'alaba bo'ldi. Bu natijaga erishish uchun mutaxassis 358 ta o'yin o'tkazishiga to'g'ri kelgan. Shu tariqa, Gvardiola o'tkazilgan 522 o'yinda 149ta shunday g'alabaga erishgan Aleks Fergyusonning natijasini ortda qoldirdi.

Gvardiola "Manchester Siti"ni 2016 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Bu vaqt ichida mutaxassis klubni olti marta Angliya Premer-ligasi chempioniga aylantirdi.

Joriy mavsumda Angliya chempionatida o'tkazilgan 16 ta o'yindan so'ng "Manchester Siti" 34 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinda bormoqda. O'yinlar soni teng bo'lgan holda peshqadam "Arsenal" bilan oradagi farq 2 ochkoni tashkil etmoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: mancity.com