Xorazm viloyati hokimi Kubogi musobaqasi boshlandi

Narzulla Saydullayev
3 fev 2015, 17:35
2 fevral kuni Urganch olimpiya zaxiralari kolleji o'yingohida Xorazm viloyati hokimi Kubogi musobaqasi boshlandi.
Ilk marta o'tkazilayotgan mazkur turnirda viloyat markazining  “Xorazm”, “Xorazm-2”, “UrDU”, “Urganch OZK-1”, “Urganch OZK-2”, “Umid nihollari-2015” va “Xonqa” (Xonqa tumani) jamoalari ishtirok etishmoqda.
  
Ayni damda, jamoalar ikkinchi tur uchrashuvlarini nihoyasiga etkazishdi. Ushbu turdan so'ng vohaning bosh jamoasi – “Xorazm” futbolchilari yakka peshqadamga aylanishgan. Ular hisobida 6 ochko bor.
        
1-tur.
“Xonqa” – “Urganch OZK-1” – 1:5,
“Umid nihollari-2015” – “Urganch OZK-2” - 0:3,
“Xorazm” – “Xorazm-2” - 6:2.
“UrDU”  - dam olish.

2-tur.
“Urganch OZK-2” - “Xonqa” – 1:3,
“Urganch OZK-1” – “Xorazm” – 0:1,
“Xorazm-2” - UrDU”  - 3:2.

Xorazm viloyati hokimi Kubogi musobaqasining dastlabki g'olibi nomi 8 fevral kuni ma'lum bo'ladi.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia