Xedira zilziladan aziyat chekkan italiyaliklarga 20 ming evro hayriya qildi
Aziz Tukhtamuradov
26 avg 2016, 19:10
Yuventus futbolchisi Sami Xedira Italiyada zilziladan jabr ko'rgan aholining ahvoliga jim qarab turmadi.
"Italiyada bo'lgan ishlardan juda afsusdaman. Barchamiz nimadir qila olamiz. Men jabr chekkanlarning fondiga 20 ming evro hayriya qilaman", deya xabar qoldirgan futbolchi feysbukdagi sahifasida.