"Union" Xedira bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
18 apr 2023
"Union" yarim himoyachisi Rani Xedira jamoa bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

29 yoshli germaniyalik bilan kelishuv 2023/24 yilgi mavsumgacha mo'ljallangan.

Xedira joriy mavsum barcha turnirlarda 40 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fc-union-berlin.de