Xedira "Barselona"ni o'tgan o'n yillikning eng yaxshi jamoasi deb atadi

Alisher
3 mar 2022
"Real" sobiq o'yinchisi Sami Xedira "Barselona"ni o'tgan o'n yillikdagi eng yaxshi jamoa deb atadi.

"Hatto "Real" o'yinchisi sifatida ham ayta olamanki, "Barsa" 2010-yillarning men ko'rgan eng zo'r jamoasi edi. Men haqiqatdan ham buyuk jamoalarda o'ynaganman, ammo bunisi...

Men o'ynagan eng zo'r o'yinchilar - Xavi va Inesta. Ularning "Oltin to'p" ololmagani achinarli. Yana Buskets. Ular hech qachon to'pni yo'qotishmasdi", - deydi Xedira.

Xedira 2010-2015 yillarda "Real"da harakat qildi. U 2020/21 yilgi mavsum so'nggida futbolchilik faoliyatiga yakun yasadi.


AlisherMuallif
Manba: youtube.com/watch?v=Tn92ULspOQ0