Xavining jamoasi Qatar Superkubogi uchun bahsda mag'lub bo'ldi

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2016, 11:41
"Barselona" sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes to'p tepuvchi Qatarning "Al-Sadd" jamoasi Qatar Superkubogi uchun bahsda g'alaba qozona olmadi.

"Al-Sadd" "Lahviya" bilan bo'lgan uchrashuvda 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi. "Lahviya" o'z tarixida ilk marotaba Superkubokni qo'lga kiritdi, gollarning biriga Slovakiya terma jamoasi yarim himoyachisi Vladimir Vayss mualliflik qildi. Xavining hozirgi klubi 1977 yildan boshlab 3 marotaba turnir g'olibiga aylangan.

Saytimizning maxsus bo'limida Qatar Yulduzlar ligasining turnir jadvali bilan tanishib chiqishingiz mumkin.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia