Xarri Maguayr: "MYUdagi 7 mavsumimdan 6tasini yaxshi o'tkazganman"

"Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayr klubdagi faoliyatini yaxshi o'tkazayotganini aytdi.

Oldinroq 33 yoshli futbolchi mankunianliklar bilan kelishuvini 2027 yil yozigacha uzaytirgandi.

"Keyingi mavsum men uchun bu yerdagi sakkizinchisi bo'ladi - bu mening qobiliyatlarimning isboti.

Umuman olganda men o'tgan 7 mavsumning 6tasini yaxshi o'tkazganman. Albatta, 7 mavsumning 7 tasini shunday o'tkazdim, deyishni istardim. Endi boshqa muammolar bo'lmasligi uchun kichik muammolar ham yuzaga keltirmaslikka harakat qilaman", - dedi Maguayr.


Manba: The Athletic