Afsuski, O'zbekiston milliy terma jamoasi Braziliyadagi mundialga bora olmaydigan bo'ldi. Xuddi o'tgan saralashdagi kabi nimadir ozgina yetishmadi... O'shanda pley-offda Bahraynga yutqazmay yutqazganmiz, bu safar esa ancha kuchli va sabrli Iordaniya terma jamoasiga penaltilar seriyasida yutqazib qo'ydik.
Toshkentdagi javob o'yinida barchasini over-taymga qadar cho'zmasdan asosiy vaqtda hal qilish mumkin edi. Ustunlik faqat qadrdon devorlarda emas balki statistik ko'rsatkichlarda ham bor edi.
Oldindan rejalashtirilganidek tezkor gol urdik. Anzur Ismoilov beshinchi daqiqada Server Jeparov tomonidan amalga oshirilgan jarima to'pidan so'ng darvozabon qaytargan to'pni darvozaga yo'lladi. O'yin davomida 14ta(!) burchak to'pini amalga oshirdik va birontasi foyda keltirmadi. Nimaga? Sababi ikkinchi qavatdagi kurashni yutqazib qo'ydik.
Raqibga ham tan berish kerak. Ular maydon egalarining o'yiniga bo'yin egishmadi. Murabbiyning taktik ko'rsatmalarini bajarishdi, mayda follar va ogohlantirishlardan cho'chishmadi. Iordaniyaliklarga jami 4ta sariq kartochka ko'rsatildi, bizdan esa faqat Ivan Nagaevga simulyaciya uchun ko'rsatildi holos.
Umuman aytganda, Iordaniya pley-offdagi ikki o'yinda raqibning qator hujumlarini qaytarishga erishdi va ikkita vaziyatdan maksimal tarzda foydalandi. Toshkentdagi o'yinda tanaffusga yaqin gol urishdi, keyin esa penaltilar seriyasida omadliroq chiqishdi. Yulduzlarsiz terma jamoa, o'zbek futbolining eng kuchli avlodlaridan birini taslim qildi.
Endi Mirjalol Qosimov so'nggi o'yinlarda sinab ko'rgan yoshlar navbatdagi Jahon chempionati saralashiga tayyorlanishni boshlashadi.
Xayr, Braziliya. Rossiyada bo'lib o'tadigan JCH-2018da ko'rishguncha?
Timur Nizaev.