Voxid Shodiev: "Pishur bilan yaxshi munosabatdamiz"

Narzulla Saydullayev
23 yanv 2014
“Bunyodkor”ning yangi a'zosi Voxid Shodiev nazorat uchrashuvida “Rostov” darvozasini ishg'ol qildi.
Uchrashuvdan so'ng “qaldirg'ochlar”ning yagona goli muallifining o'yin borasidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Rossiya premer-ligasi ishtirokichisiga, xususan kuchli himoyachilarga qarshi to'p tepish qiyin bo'lmadimi?
- “Rostov” kuchli jamoa va ular yaxshi o'yin ko'rsatishdi. Biz ham murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni bajarishga harakat qildik. Umuman olganda, ushbu uchrashuv har ikkala tomon uchun foydali bo'ldi.

- Uchrashuvda Oleksandr Pishur bilan tandem hosil qildingiz. Hujumdagi sherigingiz bilan bir-birlaringizni oson tushunyapsizlarmi?

- Sasha bilan maydonda ham, uning tashqarisida ham yaxshi munosabatdamiz.

- “Rostov” darvozasiga kiritgan golingiz haqida nima deya olasiz?

- Sardor Rashidov burchak zarbasini yaxshi amalga oshirdi. Himoyachilarning hatosidan unumli foydalanib, bosh bilan darvozani ishg'ol qildim.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com