Volfsburg Drakslerni 36 million evro evaziga sotib oldi

Narzulla Saydullayev
1 sen 2015, 08:41
Shalke-04 yarim himoyachisi Yulian Draksler faoliyatini Volfsburgda davom ettiradi.

21 yoshli Jahon chempioni yangi klubi bilan 2020 yilga qadar shartnoma tuzdi.

Kicker nashri xabariga ko'ra Draksler Volfsburgga 36 million evro evaziga ko'chib o'tdi. Bunga qadar klub tarixidagi eng qimmat transfer Andre Shyurrle edi (32 million evro).

Bundan tashqari, Volfsburg Bavariya himoyachisi Dante bilan 2018 yilga qadar shartnoma tuzgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru