Viktor Klishin "Oq-tepa"da

Tajribali hujumchi birinchi liga jamoasi mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Ishqibozlarga yaxshi ma'lumki, 34 yoshli futbolchi o'tgan yili "Sho'rtan" va "Qizilqum" jamoalarida o'ynagandi. Birinchi davrada g'uzorliklar safida 13ta o'yin o'tkazgan Klishin ikkinchi davrada "Qizilqum" libosida 3ta uchrashuvda ishtirok etdi. E'tiborlisi Viktor o'tgan mavsum o'z hisobiga birorta ham gol yozdirib qo'ygani yo'q. Shu bois bo'lsa kerak, navoiyliklar u bilan xayrlashishni maqul topgan ko'rinadi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Viktor Klishin birinchi liga qatnashchisi "Oq-tepa" yig'iniga borib qo'shilgan. Agarda uning xatti-xarakatlari bosh murabbiy Marat Miftaxuddinovga maqul kelsa jamoa qoladi. 


Manba: championat.asia