

2014 yil sentyabr oyidan 2020 yil 2 avgust kunigacha Viitorul klubida ishladim. Klub bilan ajoyib damlarni o'tkazdim, Ruminiya chempioni bo'ldik, Kubok va Superkubokni qo'lga kiritdik.
Endi George Xadji nomidagi Akademiyada ishlashda davom etaman, bu yerda texnik direktor sifatida yosh futbolchilarga javobgar bo'laman. Men va klub prezidenti Viitorul uchun yangi bosh murabbiy topishimiz kerak. Unda yangi mavsumdan oldin jamoa bilan tanishib, moslashish uchun vaqt bo'ladi, – deb yozadi Xadji.




