Valon Bexrami: “Milan” ustidan qog'onilgan g'alaba tarixiy natija hisoblanadi”

Tolibjon Qosimov
23 sen 2013, 12:19
“Napoli” klubi yarim himoyachisi Valon Bexrami, Italiya chempionati 4-turidan o'rin olgan “Milan” klubi ustidan qozonilgan tarixiy g'alabadan so'ng (2:1), klub kelasida ham muxlislarini xursand qilishda davom etishini aytib o'tdi.

- “Milan” ustidan erishilgan g'alaba tarixiy ahamiyatga ega bo'ldi. Bu g'alaba bizga kuch va faxr bag'shladi. Biz beshta o'yinda ketma-ket g'alabaga erishdik va bu natija jamoaning kuchli salohiyatga ega ekanligidan darak beradi. Musobaqa jadvali hech narsani aniqlab bermaydi, chunki ko'plab jamoalar ochkolari bo'yicha bir-biridan juda yaqinda turishadi. “Napoli”ning ushbu g'alabasi esa tarixiy natija hisoblanadi. Biz 27 yil o'tib “San-Siro”da g'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Neapol bu natijaga haqli edi, - Bexramining so'zlarini keltiradi “Napoli” klubi rasmiy sayti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru