Valensiya rahbarlari Ispaniya Kubogi finali "Mestalya"da o'tkazishni taklif qildi

Aslanov Jasurbek
6 mar 2015, 10:56
Valensiya rahbarlari Ispaniya Kubogi final uchrashuvini "Mestalya"da o'tkazishni taklif qildi.

Taklif Valensiya shahri meri Rita Barbera nomida yo'llandi.

"Bunday o'yinlar aholisi va OAV ko'p shaharni qiziqtiradi. Valensiya doimo sportga katta e'tibor qaratgan, ayniqsa futbolga. Final uchrashuvi Valensiyada o'tishiga ishonamiz" - deydi Barbera.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Atletik" o'rtasidagi Qirol Kubogi final uchrashuvi 30 may kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com