

Taklif Valensiya shahri meri Rita Barbera nomida yo'llandi.
"Bunday o'yinlar aholisi va OAV ko'p shaharni qiziqtiradi. Valensiya doimo sportga katta e'tibor qaratgan, ayniqsa futbolga. Final uchrashuvi Valensiyada o'tishiga ishonamiz" - deydi Barbera.
Eslatib o'tamiz, "Barselona" va "Atletik" o'rtasidagi Qirol Kubogi final uchrashuvi 30 may kuni bo'lib o'tadi.



