Unai Emeri: "Aston Villa" bilan sovrin yutishni xohlayman"

Administrator
4 noya 2022, 23:32
Murabbiy jamoani evrokuboklarga ham olib chiqish niyatida.

"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri jamoa bilan sovrin yutish niyatida ekanligini ma'lum qildi.

"Aston Villa" bilan sovrin yutish men uchun orzu. Bu mening shaxsiy istagim. Orzularim ro'yxatida ikkinchi o'rinda evrokuboklarda o'ynash. 

Ammo hozir biz faqat keyingi o'yindagi g'alaba haqida o'ylamoqdamiz. Sababi jamoa hozir juda ham yaxshi ahvolda emas", -deydi Unai Emeri.

Ma'lumot uchun, "Aston Villa" hozirda APL jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi.


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports